01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Energetika
18 Mart  2020 324

58 million dollarlik investitsiya suyultirilgan gaz olishga qaratilgan

 «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan «Muborak gazni qayta ishlash zavodida suyultirilgan gaz olish qurilmasining 4-nitkasini qurish» bo‘yicha qiymati 58 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha yiliga 3 milliard kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan suyultirilgan gaz olish qurilmasining yangi 4-tarmog‘ini qurish orqali qo‘shimcha yiliga 38,0 ming tonnagacha propan-butan aralashmasi ishlab chiqarilib, ichki bozorda suyultirilgan gazga oshib borayotgan talabni qondirishga qaratiladi.

Ushbu loyiha doirasida siquv kompressor stansiyasi, gazni seolitli quritish qurilmasi, suyultirilgan gazni qabul qilish, saqlash va iste'molchilarga yuklash uchun qo‘shimcha sig‘imlar, propan butan aralashmasini olish qurilmalari va boshqa texnologik uskunalarni qurish ko‘zda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun Ukrainaning «Sumsk NPO» va «Turbogaz» zavodlari, Rossiyaning «KMPO Motorcorp. L.P.» va «Chelyabinskiy TPZ» zavodlari, Germaniyaning «Linde AG» va boshqa zavodlarda ishlab chiqarilayotgan uskunalarni xarid qilish ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech