13 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34,5 °C

Salomatlik
29 Iyun  2020 246

58 yoshli Buxorolik bemor vafot etdi

Buxorolik koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 58 yoshli bemor ayol koronavirus infeksiyasida gumonlanib, 21-iyunda tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

U “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, oʻpka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas yetishmovchiligi 3-daraja” tashxisi bilan reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Bemor bundan avval, soʻnggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Buxoro viloyatidagi shifokorlarimiz bilan bir qatorda mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislarining ham nazoratida boʻlib, ular ishtirokida konsiliumlar oʻtkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarimizning standartlar asosida oʻtkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech