19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Transport
17 May  2019 1135

6-iyundan boshlab Toshkentdan Issiq-ko‘lga mavsumiy poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 6-iyun kunidan boshlab mavsumiy Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati. 

O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasida sayyohlikni  rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan poezd haftaning har payshanba kuni Toshkent-Markaziy vokzalidan soat 20:50 da yo‘lga chiqib, Qozog‘iston hududi orqali harakatlanadi va juma kuni 20:29 da Baliqchi vokzaliga yetib boradi. Issiq-ko‘ldan shanba kuni soat 01:59 da harakatlangan poezd Toshkent shahriga yakshanba kuni soat 05:00 da yetib keladi. 

Xalqaro qatnov O‘zbekistonning “Salar”, “Chuqursoy”, “Keles”, Qozog‘istonning “Sariag‘ach”, “Aris-1”, “Chimkent”, “Mankent”, “Tyulkubas”, “Abail”, “Burnoe”, “Jambul”, “Lugovaya” hamda Qirg‘izistonning “Merke”, “Chalvador”, “Qaindi”, “Qorabolta”, “Belovodsk”, “To‘qmoq” stansiyalari, Bishkek-2 va Baliqchi vokzali orqali amalga oshiriladi. 

Ta’kidlash joiz, Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida xalqaro yo‘lovchi poezdida yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Vagonlar shinam va yorug‘, sovutish tizimlari bilan jihozlangan. Restoran vagonda sayyohlar va yo‘lovchilar uchun salqin ichimliklar mavjud bo‘lib, tansiq taomlar ham tayyorlanadi, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech