06 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,3 °C

Harbiy
27 Noyabr  2019 2159

60 ga yaqin davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar rahbarlari poligonga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qismlarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari tarkibi bilan yig‘inlar o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga, shuningdek 2019-yil 15-noyabrdagi Farmoyishiga asosan noyabr va dekabr oylarida ikki bosqichli yig‘in o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan “Chirchiq” poligoni bazasida tashkil etilgan yig‘inning birinchi bosqichida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari tarkibi saf tortdi, deb xabar qiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Yig‘in mashg‘ulotlari qatnashchilari kun tartibiga binoan milliy armiyamizdagi eng zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘lar bilan tanishdi.

Armiya va xalq yakdilligi, Mudofaa vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning yaqindan olib boradigan hamkorligi, harbiy qurilish va milliy armiyamizni kun sayin isloh qilish, mamlakatimizning mudofaa sanoatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan mazkur yig‘in davomida mansabdor shaxslar uch kun mobaynida belgilangan reja bo‘yicha milliy armiyamiz kuch-qudratiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar.

Yig‘in mashg‘ulotlarini yuksak saviyada o‘tkazish uchun “Chirchiq” poligoni bazasida barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yig‘in mashg‘ulotlari 30-noyabrga qadar davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech