05 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,2 °C

Salomatlik
31 May  2020 352

63 yoshli onaxon vafot etdi

 Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor oʻpka — yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

 

1957-yilda tugʻilgan poytaxtlik ayol kishida shu yilning 30-may kuni COVID-19 aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli ayol bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli shu soha mutaxassislari nazoratida boʻlgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar oʻtkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog, reanimatologlarning belgilangan standartlar asosida oʻtkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan, sunʼiy nafas olish apparatida boʻlgan bemor bosh miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi, oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech