07 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,8 °C

Tashvishli xabar
9 Aprel  2020 747

63 yoshli qariyani do‘pposlash oddiy holmi

Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda «Samarqandda 63 yoshli kishi urib-do‘pposlandi» nomli maqola chop etilgandi. Unda va videokuzatuv moslamalaridan olingan materiallarda qorni ochgan fuqaroning ochlik alamini 63 yoshli otaxondan olgani aniq tasviralangan.  

2020-yil 29-mart taxminan soat 02:30 da 32 yoshli Azizning qorni och qoladi. U Samarqand shaharning «Tabiat-saxovat» dehqon bozori yonida joylashgan do‘kon oldiga kelib, shu do‘konda norasmiy qorovul bo‘lib ishlagan fuqaro 63 yoshli Xusinalidan qorni ochganligini va unga «xot-dog» tayyorlab berishini «so‘raydi».

Xusinali unga karantin sababli do‘kon yopiqligini aytganida, u bilan janjallashib qolib, Xusinalini qo‘l va oyoqlari bilan qasddan urib-do‘pposlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri buyicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fukaro Azizga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Azizga JKning 104-moddasi 2-qismi «v» bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e'lon qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech