19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +16,1 °C

Xavfsizlik
29 Avgust  2019 583

670 quti noqonuniy olib ketilayotgan tamaki mahsulotlari ushlandi

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy harakatlarining oldini olish bo‘yicha bojxona xodimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda tamaki mahsulotlarining noqonuniy harakatini oldini olish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar beradi.

Tadbir davomida fuqaro R.J. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda tekshirilganda avtomashina yukxonasida  umumiy qiymati   10,2 million  so‘mlik jami 670 quti aksiz va tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech