20 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,9 °C

Mamlakatimizda
24 Iyun  2019 428

7 million so‘mlik nosoz telefon yangisiga almashtirildi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining “Ishonch telefoni” orqali Uzun tumani, “Yangiyo‘l” mahallasida yashovchi fuqaro O‘.Astanaqulovdan ariza kelib tushdi, deb xabar beradi Federatsiya matbuot xizmati.

Murojaatda keltirilishicha, iste'molchining Denov tumani bozoridan 7 070 000 so‘mga sotib olingan GALAXY S 10 Plus telefoni nosoz chiqqan.

Vaziyatni o‘rganish maqsadida Federatsiyaning Denov tuman mutasaddilari iste'molchi bilan bog‘lanib, holatni o‘rgangan va ushbu telefon xarid qilingan do‘kon egalari bilan ham uchrashishgan.

Natijada, iste'molchining arizasi o‘rinli ekanligi o‘z isbotini topdi va Astanaqulovning talabiga ko‘ra, GALAXY S 10 Plus telefoni ortiqcha muammolarsiz yangisiga almashtirib berildi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech