01 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,9 °C

Energetika
11 Dekabr  2019 6834

7 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani aniqlandi

2-dekabrdan 9-dekabrga qadar O‘zneftgazinspeksiya, “Hududgazta'minot” AJ hamda “O‘zstandart” agentligi mutaxassislari bilan birgalikda Respublikada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha muntazam tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar qiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Tadbirlar natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta'minoti korxonasiga 7 mlrd. 439 mln. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi “Run tong metal industrial” MChJ va Angren shahridagi “Lyux granit” MChJ korxonalari “Toshkentgaz” hududiy filiali tomonidan berilgan texnik shartga ko‘ra, “Run tong metal industrial” MChJ korxonasi

1 mlrd. 710 mln. so‘m miqdorda, “Lyux granit” MChJ 3 mlrd. 156 mln. so‘m miqdorda zarar yetkazgan.

Bundan tashqari, Angren shahridagi “Angren Neft Biznes” korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi 1 mlrd. 272 mln. so‘mlik zarar yetkazganligi ham ma'lum bo‘ldi.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 10 ta issiqxona, parrandachilik xo‘jaliklari, sopol buyumlar ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 196 ta korxona gaz ta'minoti korxonasiga jami 1 mln. 301 ming metr kub (1 mlrd 118 mln so‘mlik) tabiiy gazni noqonuniy ishlatib, 1 mlrd. 506 mln. so‘mdan ortiq miqdorda zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.

Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech