26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Mamlakatimizda
13 Iyun  2019 394

74 ta tuman va shahar hokimlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilishda davlat organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik munosabatlari muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan mazkur yo‘nalishda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusdan kelib chiqib, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ham to‘rtinchi tashabbus — yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida muhim loyiha, ya'ni hududlarda “Iste'molchi kutubxonasi”ni barpo etish tashabbusi bilan chiqib, mazkur yo‘nalishda zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga kirishgan.

Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov ushbu loyihani butun respublika bo‘ylab ro‘yobga chiqarish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Toshkent, Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlarida bo‘ldi. Safar mobaynida federatsiya raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyat, shahar va tuman hokimlari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda federatsiya matbuot xizmati.

Mazkur uchrashuvlarda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi. Shuningdek, hududlarda “Iste'molchi kutubxonasi” hamda “Iste'molchilar uyi” barpo etish masalasi muhokama qilindi.

Joriy yilning may-iyun oylari davomida Federatsiya raisi ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida 74 ta tuman va shahar hokimlari bilan uchrashdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech