30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Energetika
11 May  2020 334

8 850 xonadon gaz bilan taʼminlandi

Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 8 850 nafar xonadonning tabiiy gaz taʼminoti toʻliq tiklandi.

Xabar qilganimizdek, Sardoba suv omboridagi toshqin natijasida yuzaga kelgan gaz taʼminotidagi uzilishlarni bartaraf etish maqsadida Energetika vazirligi va “Hududgaz Sirdaryo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tizimli ishlar boshlab yuborilgan.

Toshqindan jabr koʻrgan hududlardagi 8 850 ta aholi xonadonining tabiiy gaz taʼminoti toʻliq tiklandi. Shundan Oqoltin tumanida – 3 950 ta, Sardoba tumanida – 3 100 ta, Mirzaobobd tumanida – 1 800 ta xonadon.

Talofat koʻrgan hududlardagi 5 195 ta aholi xonadonlari suyultirilgan gaz bilan taʼminlashga moslashtirildi. Jumladan: Sardoba tumanida 2 195 ta, Oqoltin tumanida 1 224 ta, Mirzaobod tumanida 1 776 ta.

Suv toshqini tufayli talofat yetgan aholi xonadonlari tiklanishi bilan ularga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun resurslar va gaz ballonlari jamlanib tayyor holga keltirildi.

Toshqin oqibatida yuzaga kelgan avariyalarni bartaraf etish ishlari davom etoqda, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech