27 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,9 °C

Xavfsizlik
20 Aprel  2019 928

80 million so‘mlik kimyoviy dori vositalari fosh etildi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashishda foydalaniladigan kimyoviy vositalarni yurtimizga ko‘p miqdorda olib kirishga doir navbatdagi bojxona qoidabuzilish holati aniqlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, o‘tkazilgan tadbir davomida, “Vodil-Farg‘ona” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.A boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina tezkor kuzatuvga olinib, yashash xonadoniga kirgan vaqtida belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada avtomashina yukxonasi va salonida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati qariyb 80 million so‘mlik, 8 turdagi 814 litr hashoratlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan sifati kafolatlanmagan kimyoviy dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech