22 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,6 °C

Xavfsizlik
20 Yanvar  2020 524

85 mln so‘mlik 64 ta bosh kiyimi

Bojxona nazoratini chetlab o‘tishga uringan kimsalarning noqonuniy xatti-harakatlariga bojxona organlari tomonidan o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, «Qoraqalpog‘iston» temir yo‘l chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yo‘lovchi poezdi tarkibi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, poezd yo‘lovchilaridan biri fuqaro M.T. tomonidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan umumiy qiymati 85 million so‘mlik 64 dona bosh kiyimlar borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deya xabar beradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech