19 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +18,3 °C

Xavfsizlik
15 Aprel  2019 1092

8550 AQSh dollari yashirincha olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari respublikamizdan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy ravishda olib chiqishga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarlik holatini aniqlashdi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi.

 

Xususan, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali piyoda harakatlanayotgan fuqaro P.A bojxonachilarda shubha uyg‘otadi. U belgilangan tartibda tekshirilganda egnidagi kiyimida deklaratsiyalanmagan va og‘zaki so‘rov paytida bojxona xodimlariga ma'lum qilinmagan 8550 AQSh dollari borligi aniqlangan.

Shu o‘rinda eslatish joiz,, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 5 000 AQSh dollariga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

Chet el fuqarolari esa O‘zbekistonga kirish chog‘ida olib kirgan miqdordagi naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketishlari mumkin.

Belgilangan summadan ortiqcha naqd xorijiy valyutani olib chiqib ketish uchun Markaziy bankning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar talab etiladi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech