29 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Transport
28 Mart  2020 1199

87 mingta chipta pullari qaytarildi

Ma’lumki, mamlakatimizga koronavirus COVID-19 infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida 2020-yil 16-martdan xalqaro yo‘nalishlarga, hamda 24-martdan boshlab esa mahalliy yo‘nalishlarga harakatlanadigan barcha yo‘lovchi poezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilingan.

Avval xabar berganimizdek, xarid qilingan lekin amalda foydalanilmay qolgan temir yo‘l chiptalari uchun yo‘lovchilarga belgilangan tartibda va to‘liq hajmda chipta pullari foizlari ushlanmagan holda qaytarilmoqda.

60 kun oldindan xalqaro va mahalliy yo‘nalishlarga chipta xarid qilgan yo‘lovchilarning chiptalarini topshirish bilan bog‘liq masalalari joyida, hyech qanday muammosiz hal qilib berilmoqda.

2020-yil 14-martdan 27-martgacha yo‘lovchilardan 13 114 ta xalqaro yo‘nalishlarga va 73 807 ta mahalliy yo‘nalishlarga harakatlanadigan yo‘lovchi poezdlarga olingan chiptalar barcha temir yo‘l kassalarida hamda elektron tarzda qaytarib olindi. Bugungi kungacha jami 15 milliard so‘mdan ortiq chipta pullari o‘z egalariga qaytarildi. Bu jarayon ayni kunda ham davom etmoqda, deb xabar beradi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech