27 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,7 °C

Ijtimoiy hayot
22 Noyabr  2019 1838

88 294 nafar ishsiz ayolning bandligi ta'minlanadi

“Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi (20.11.2019 y.).

Timur Kaysarov olgan surat.

Qarorga ko‘ra, Prezidentning 5 ta muhim tashabbusi doirasida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash va ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Shunga ko‘ra, qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- 2019-yilda ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;

- 2019-yilda Xotin-qizlar va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi va o‘z mablag‘lari hisobidan tadbirkorligini tashkil etadigan xotin-qizlarning tuman (shahar) kesimidagi asosiy parametrlari.

Qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, joriy yilda hududiy investitsiya dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirish orqali jami 88 ming 294 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta'minlanadi.

Shuningdek, Xotin-qizlar qo‘mitalarining tavsiyanomasi asosida 3 ming 112 nafar xotin-qizlarga 85 mlrd. 500 mln. so‘mlik kreditlar ajratilishiga ko‘maklashish ham nazarda tutilgan.

“Milliy qadriyat, an'ana va urf-odat” respublika hunarmand xotin-qizlarining ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech