17 Fevral 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,6 °C

Sport
7 Yanvar  2020 1064

9-yanvar kuni olimpiya terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi o‘yinini boshlaydi

Xabaringiz bor, ertaga Tailandda Tokio-2020 olimpiadasi uchun yo‘llanmalar taqdim etuvchi Osiyo chempionati start oladi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi mazkur musobaqadagi ishtirokini 9 yanvar kuni Eron U-23 terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

O‘zbekiston va Tailand mamlakatlarining vaqt mintaqasi 2 soatlik tafovutni tashkil etadi. Ya'ni Tailand vaqti bizning vaqtdan 2 soat oldinda. Shunday ekan bellashuvlar bizning vaqtimizga nisbatan biroz vaqtliroq start oladi.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining guruh bosqichidagi uchrashuvlar taqvimi bilan tarnishing:

U-23 Osiyo chempionati-2020 | 1-tur

O‘zbekiston – Eron

9-yanvar, 15:15

U-23 Osiyo chempionati-2020 | 2-tur

Xitoy – O‘zbekiston

12-yanvar, 18:15

U-23 Osiyo chempionati-2020 | 3-tur

O‘zbekiston – Janubiy Koreya

15-yanvar, 15:15

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech