16 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,8 °C

Bo‘sh vaqtda
6 Iyul  2019 429

914-reys jumbog‘i: Xo‘sh, sir ochildimi? U yog‘i naq dahshatning o‘zi!

Ushbu jumboqqa hali-hanuz biror jo‘yali javob topilmagan. 1955-yilda DC-4 rusumli samolyot bortida 57 yo‘lovchi bilan Nyu-Yorkdan Mayamiga parvoz qilib, 1992-yilda, ya’ni oradan 37 yil o‘tib, Venesuelaning Karakas aeroportiga qo‘ndi!..

 

Biroq oradan bir necha daqiqa o‘tgach, Karakas aeroportiga qo‘ngan «sharpa-samolyot» yana ko‘kka ko‘tarilib, ko‘zdan yo‘qolgan!

Mazkur hodisani shaxsan o‘z ko‘zi bian ko‘rgan kishilarning guvohliklari-yu, uchuvchi va nazorat minorasi o‘rtasidagi tasmaga yozib olingan radioaloqa barchani hayratda qoldirgan samolyot qo‘nishining chindan ham sodir bo‘lganini tasdiqlaydi.

 — Bu hodisani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan aeroport nazorat xizmati xodimlari bergan ko‘rsatmalar mohiyatan bir-biriga o‘xshash, — deydi bir paytlar fuqaro aviatsiyasi vaziri o‘rinbosari Ramon Estovar. — Turlicha ko‘rsatma berilgan bo‘lsa-da, aynan, bitta hodisa tasvirlanadi.

Aytishicha, dalillar ichida eng muhimi, bu 1955-yilga taalluqli kichik kalendar hisoblanadi. Uni DC-4 samolyoti yana havoga ko‘tarilishidan bir necha soniya oldin uchuvchi uchib-qo‘nish chizig‘iga tushirib yuborgan.

— Samolyotni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, hatto, uchuvchining ovozini ham eshitganman. U tushirib yuborgan kalendarni ham ushlab ko‘rgan bo‘lsam-da, bunga baribir ishongim kelmaydi, — deydi o‘sha kuni parvozlarni nazorat qilish minorasida navbatchilik qilgan Xuan de la Korte. — Uning bortidagi yo‘lovchilar tashqarida haliyam 1955-yil va biz, Floridaga qo‘ndik, deb o‘ylashardi. Ammo bunday emasdi va shuncha --yil ularning qaerda bo‘lgani esa yolg‘iz xudoga ayon edi.

O‘sha kuni Xuan de la Korte va boshqa dispetcherlar ich-ichidan g‘oyat g‘ayritabiiy hodisaga duch kelib turishganini tushunishgan. Kutilmaganda aeroportning uchib-qo‘nish chizig‘iga parrakli samolyotning pastlay boshlagani va uning radarlarda umuman ko‘rinmagani chindan ham juda sirli edi.

— Biz samolyotni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rgan bo‘lsak-da, radarlarda u mutlaqo ko‘rinmadi, — deydi Xuan de la Korte. — Uchuvchidan o‘zini tanishtirishini so‘radik. U esa «Biz qaerga qo‘nyapmiz?» deya savolga savol bilan javob qaytardi. Ovozidan kuchli hayajon va qo‘rquv sezilib turardi.

Ammo keyin Nyu-York-Mayami yo‘nalishida 914-reysni amalga oshirayotgani, bortida 4 ekipaj a’zosi va 57 nafar yo‘lovchi borligini aytdi. Dispetcherlardan birining aytishicha, uchuvchining bu ma’lumotidan keyin parvozlarni nazorat qilish minorasiga jimlik cho‘qqan. To‘g‘rirog‘i, barcha dispetcherlar nima bo‘layotganini tushuna olmay, angrayib qolgandi. Negaki, 914-reysning qo‘nishi kerak bo‘lgan Mayami aeroporti... Karakasdan 1800 kilometr uzoqlikda edi.

— Uchuvchiga men: «Bu Karakas aeroporti, Venesuela... Janubiy Amerika», deya javob berdim. Keyin yana: «Biror nosozlik yuzaga keldimi?» deb so‘radim. Javob bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa-da, men uchib-qo‘nish chizig‘ini bo‘shatib berdim. Samolyot eson-omon qo‘ndi ham. «Xayriyat, eson-omon qo‘nib oldi!» deb o‘ylab turganimda uchuvchining yordamchisiga: «Yo xudo, Jimmi! Uni qara, bu nima o‘zi?» degani eshitildi. Ular reaktiv samolyotlarni ko‘rib, angrayib qolishgandi. Balki ularni kosmik kema, deb o‘ylashgandir ham, bunisi menga qorong‘i.

Uchuvchi Kortega 1955-yil 2-iyul ertalabki soat 9.55 da Mayami xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerakligini aytgan.

— Keyin uchuvchining: «Biz bir baloga yo‘liqdik, shekilli?!» degan gapini eshitdim. Men radio orqali unga: «Kapitan, bu Karakas xalqaro aeroporti. Bugun 1992-yil 21-may» dedim. U esa: «Yo, xudo!» deya xitob qildi. Uning juda og‘ir-og‘ir nafas olayotgani ham eshitilib turardi. Unga tinchlanishini va bort yoniga yer xizmati jo‘natilganini ma’lum qildim.

Kortening aytishicha, yer xizmati va yoqilg‘i mashinasi samolyotga yaqinlashganda uchuvchi radioga: «Yo‘q! Yaqinlashmanglar! Biz bu yerdan uchib ketamiz!» deya baqirgan.

yer xizmati xodimlari keyinchalik illyuminatorlardan hayrat ila qarab turgan yo‘lovchilarning yuzlarini ham ko‘rishganini aytib berishdi. Uchuvchi esa kabina darchasini ochib, qo‘li bilan ularga «Yaqinlashmanglar!» deya ishora qilgan.

— Uchuvchining qo‘lida qandaydir papka bor edi, — deydi Korte. — Kalendar o‘shandan tushib qolgan bo‘lsa kerak. Uni biznikilar topib olishdi. Uchuvchi yuritgichlarni ishga soldi va tez orada samolyot ko‘kka ko‘tarildi.

Shu hodisadan so‘ng fuqaro aviatsiyasi rahbarlari hodisani sinchiklab o‘rganish uchun radioaloqa yozilgan tasma va kalendarni mutaxassislarga taqdim etish haqidagi qarorga keldi.

Biroq sir baribir sirliligicha qoldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech