20 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,1 °C

Transport
17 Sentyabr  2019 492

O‘zbekistonda elektrobuslar loyihasi uchun 4 million dollar ajratiladi

Bundan bir necha muddat avval BMTning rivojlanish loyihasi hamkorligida Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamkorligida Global ekologik fond orqali poytaxt jamoat transporti tarkibiga elektrobuslarni olib kelish bo‘yicha loyiha yuzasidan ish boshlangan edi. Mazkur loyiha BMT tomonidan tasdiqlandi va loyihaoldi ishlari uchun byudjet va ekspertlar guruhi shakllantirildi. Aytish joizki, ushbu loyiha MDH davlatlari orasida faqat O‘zbekiston va Ukraina uchun tasdiqdan o‘tdi.

Kecha “Toshshahartransxizmat”AJda BMTning ekspert konsultantlari Ronald Vong hamda Tomas Finklar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda loyihani amalga oshirish bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borildi va ishchi guruhi tuzildi. O‘zbekistonga elektrobuslar loyihasi uchun 4 million dollar byudjet ajratilishi ko‘zda tutilgani ta'kidlandi. Xalqaro tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhi kelasi haftadan “Toshshahartransxizmat” AJda faoliyat olib boradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech