27 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,9 °C

Transport
18 May  2020 4604

Ularda qanday?

Dunyo aeroportlaridagi yangiliklar

Parvozdan oldin roʻyxatdan oʻtish jarayonlari qatʼiy tekshiruvlar sabab uzoq vaqt davom etishi mumkin.

AQSHda transport xavfsizlik boshqarmasi yoʻlovchilarni tekshiruvgacha va tekshiruvdan keyin qoʻllarni 20 soniya davomida sovunlab yuvishga chaqirmoqda.

Gonkong xalqaro aeroportida 40 soniyada toʻliq dezinfeksiya qiluvchi yangi qurilma sinovdan oʻtkazilmoqda. Shuningdek, zallarda yurib ultrabinafsha nurlari bilan mikroblarni oʻldiradigan robot-tozalovchilar ham sinovdan oʻtkazilmoqda.

“Emirates” yoʻlovchilarga aeroport terminali hududida samolyotga chiqqunga qadar COVID-19 ga ekspress-test tahlilidan oʻtishni taklif qilmoqda.

Immun pasportlari joriy qilinishi koʻrib chiqilmoqda.

Mutaxassislar tana haroratini oʻlchashga shubha bilan qarashmoqda, chunki kasallik alomatlari boʻlmagan bemorlarda harorat aniqlanmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech