11 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,4 °C

Yashil sayyora
2 Iyun  2020 807

Orolboʻyi gullab-yashnaydi

“GIZ”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Orolboʻyi hududini koʻkalamzorlashtirish ishiga hissa qoʻshdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazining “Oroldagi bogʻim” agro- va ekoturizm loyihasi loyihasining asosiy maqsadi Orol dengizining qurishi oqibatlarini bartaraf etish va sayyohlar sonini koʻpaytirishga qaratilgan.

Hozirgi paytda ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlash uchun xalqaro va mahalliy sarmoyadorlar va boshqalar jalb qilinishi barobarida respublika aholisi ham ushbu loyihaga katta qiziqish bildirgan. Ularning barchasi Orolboʻyi hududini koʻkalamzorlashtirish uchun xayriya mablagʻlarini oʻtkazmoqda. Buning natijasida 900 dan ziyod manzarali va mevali daraxt koʻchatlari Orol dengizi hududida joylashgan uchastkalarga ekildi.

“Oroldagi bogʻim” loyihasini qoʻllab-quvvatlash va shu orqali Orolboʻyi aholisining turmush darajasini koʻtarishga koʻmaklashish maqsadida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, siyosiy maslahatchisi Karolina Milov xonim boshchiligida Germaniya xalqaro hamkorlik hamjamiyatining (GIZ) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi 30,4 million soʻm xayriya mablagʻlarini ajratdi.

Taʼkidlash joizki, ajratilgan mablagʻlar Orolboʻyi hududini koʻkalamzorlashtirish va ekologik holatini yaxshilashga salmoqli hissa boʻlib qoʻshildi. Ushbu ajratilgan mablagʻlar hisobidan, Orolboʻyi hududida 3 000 tupdan ziyod choʻl oʻsimliklarining koʻchatlari ekilishiga muvaffaq boʻlinadi.

Har qanday xayriya yordami mintaqamizning ekologik holatini barqarorlashishiga, gullab-yashnashiga, shuningdek Orolboʻyi mintaqasida yashayotgan millionlab odamlarning sogʻligʻini yaxshilashga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Orol dengizi taqdiriga befarq boʻlmagan va loyihada ishtirok etishni istaganlar qoʻshimcha maʼlumotlarni www.aralforest.org veb-saytida olishlari mumkin, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech