07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,1 °C

Xavfsizlik
15 Noyabr  2019 705

Uydan gaz hidi kelyapti… Iste’molchilar arizalari bo‘yicha ta’mirlash muddatlari qanday?

So‘nggi oylardagi yangiliklarga qaraganda, kundalik turmushda gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar ko‘plab kuzatilmoqda.

Ko‘pincha kundalik maishiy ehtiyojlar uchun «zangori olov»dan foydalanayotgan kishilar asosiy talablarni unutib qo‘ymoqda. Masalan, davlat standartidan o‘tmagan va sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan isitish priborlaridan foydalanishmoqda, sovuq kunlari uy ichini gaz plitasi yordamida isitishmoqda, yonib turgan gaz priborlarini uzoq vaqt nazoratsiz qoldirishmoqda, uylardagi mo‘ri va shamollatish kanallarini tekshirish uchun o‘z vaqtida maxsus korxonaga murojaat qilishmayapti, buning natijasida ular tiqilib qolib, is gazi uy ichiga tarqalmoqda. Bundan tashqari, o‘zboshimchalik bilan gaz priborlari joyni o‘zgartirishmoqda yoki almashtirishmoqda, bolalarning gazdan foydalanishiga yo‘l qo‘yishmoqda, gaz hidi chiqsa yoki gaz priborlarini ta’mirlash bo‘yicha o‘z vaqtida avariya xizmatini chaqirishmayapti, aksariyat hollarda tasodifiy kishilar xizmatlaridan foydalanishmoqda.

Aytish joizki, gaz ta’minoti tashkiloti iste’molchilarga yo‘riqnomalar berish va xonada o‘rnatilgan gaz priborlaridan xavfsiz foydalanish masalalari bo‘yicha eslatmani topshirishga majbur. Eslatmada gaz ta’minoti tashkilotining avariya xizmati telefon raqamlari ko‘rsatiladi.

Tasdiqlangan jadvallar va tariflar bo‘yicha iste'molchilarning ichki gaz tarmoqlari va gazdan foydalanish uskunalarini quyidagi muddatlarda texnik taftishdan o‘tkazish va ularga profilaktik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi:

- ko‘p qavatli turar joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz priborlari mavjud bo‘lmaganda — ikki yilda bir marta;

- turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari - yilda bir marta, profilaktik xizmat ko‘rsatish - har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval.

Tasdiqlangan tariflar bo‘yicha iste’molchilarning yozma yoki elektron buyurtmalari asosida gazdan foydalanish uskunalarini quyidagi muddatlarda ta'mirlash:

- tabiiy gaz sizib chiqishida - darhol;

- ovqat tayyorlash uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida - bir kun davomida;

- isitish mavsumida isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida - bir kun davomida;

- issiq suv va isitish uchun mo‘ljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida (isitish mavsumidan tashqari vaqtda) - ikki kun davomida;

- gazdan foydalanish uskunalarini almashtirishda - besh kun davomida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech