19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23,6 °C

Agrosеktor
3 Oktyabr  2019 852

OTB O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 150 mln. dollar kredit ajratishni ma’qulladi

Bunday moliyalashtirish chorvachilik sohasidagi fermerlar va tadbirkorlarning moliyaviy resurslarga, bozorlarga, veterinariya va boshqa jonivorlar salomatligi xizmatlariga kirib borish imkonini yaratadi, bu ularning samaradorligini va milliy iqtisodiyotga qo‘shadigan hissasini oshirishga yordam beradi.

Chorvachilik sohasidagi fermerlar va tadbirkorlarning moliyaviy resurslarga, bozorlarga, veterinariya va boshqa jonivorlar salomatligi xizmatlariga kirib borish imkonini yaratish, ularning samaradorligini va milliy iqtisodiyotga qo‘shadigan hissasini oshirishga yordam berish maqsadida OTB O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratishni ma'qulladi.

«O‘zbekistonda chorvachilik fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar o‘z xo‘jaliklari va faoliyati, mahsuldorligi va foydasini ko‘paytirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, - deydi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Markaziy va G‘arbiy Osiyodagi tabiiy resurslar va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bosh iqtisodchisi janob Buy Min Jiap. - OTBning qo‘llab-quvvatlashi sektor oldida turgan ba'zi muhim to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish va innovatsiya bo‘yicha hukumat strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi».

Chorvachilik sektori O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim bo‘lib qolmoqda, bu mamlakat qishloq xo‘jaligining 40% va yalpi ichki mahsulotning qariyb 8% ni tashkil etadi. Shunga qaramay, 2017-yilda O‘zbekistonda chorvachilik mahsulotlarining savdo taqchilligi 75,2 mln AQSh dollari darajasida qoldi. Chorvachilik sohasida qo‘shimcha qiymat zanjirida ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar ham moliyalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar, chunki mahalliy banklarning chorvachilik kreditlari jami portfelning faqat 1,0% nigina tashkil qiladi. Fermerlar va biznes egalari uchun veterinariya xizmatlari va chorvachilik tadqiqotlaridan foydalanish ham ishchi kuchi va resurslar yetishmasligi tufayli murakkablashgan.

OTB tomonidan «Chorvachilik sohasida qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish loyihasi» uchun jami moliyalashtirishda ishtirok etuvchi moliya muassasalariga 146 million AQSh dollari ajratiladi, ular orqali ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlash korxonalari, xomashyo yetkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar (veterinariya xizmatlarini ham qo‘shgan holda) uchun zarur bo‘lgan bozor bank moliyalashtirilishi taqdim etiladi. Sub-qarz oluvchilar aktivlarining maksimal miqdori arizalarni topshirish vaqtida 50 mln AQSh dollarini tashkil qilishi va ular ishlab chiqarishda, marketing, qayta ishlash, yetkazib berish va chorvachilik xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etishi lozim. Moliyaviy resurslardan foydalanishni yaxshilash sektorning samaradorligi, salohiyati va barqarorligini oshiradi.

Loyiha uchun 4 mln AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ O‘zbekistonda xususiy veterinariya amaliyotini rivojlantirish jumladan, veterinariya klinikasi xizmatidan foydalanishni yaxshilash, hayvonlarni davolash, ular sog‘lomligini saqlash bo‘yicha maslahatlarni va dori-darmonlarni joriy etishga yo‘naltiriladi. Xususan, bu davlat va xususiy sektorda veterinariya shifokorlari uchun o‘quv va o‘rgatish dasturlari; eng yaxshi tarmoq amaliyotlari va ko‘rsatmalarini ta'minlash uchun veterinariya assotsiatsiyasini tashkil etish; mamlakatda xususiy veterinariya amaliyotini amalga oshirishni namoyish etishni o‘z ichiga oladi. Loyiha shuningdek, ishtirok etuvchi moliya institutlarining chorvachilik sektorini kreditlash strategiyasini ishlab chiqish va alohida kredit mahsulotlarini yaratish imkoniyatlarini yaxshilashga yordam beradi.

Loyihaning 2024-yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech