01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,8 °C

Moliya
17 Fevral  2020 930

Affinaj faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi

2020-yil 17-fevralda Hukumatning 86-sonli «Affinaj faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 15-martdan affinaj faoliyati Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi beradigan litsenziya asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat davlat xizmatlari markazlari (DXM) yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) tomonidan beriladi.

Qaror bilan Affinaj faoliyatini litsenziyalashni tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya 10 yil muddatga keyinchalik uzaytirish imkoni bilan beriladi.

Affinaj faoliyati qimmatbaho metallarni qayta ishlash va ajratib olish, ularni qaytarib bermaslik yoki affinaj qilingan holda qaytarib berish xizmatlarini o‘z ichiga oladi.

Talabgor DXMlarga o‘zi borib yoki YaIDXP orqali belgilangan shakldagi litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani taqdim etadi.

Litsenziyalovchi organ taqdim etish usulidan qat’iy nazar ariza qabul qilingan sanadan oshmaydigan quyidagi muddatlarda litsenziya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi:

- litsenziya berish uchun – 5 ish kuni;

- litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish uchun – 2 ish kuni;

- faoliyatni o‘z ixtiyori bilan to‘xtatish uchun – 8 ish soati.

Arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (1 115 000 so‘m) miqdorida yig‘im va shuncha miqdorda davlat boji undiriladi (ariza YaIDXP orqali yuborilganda yig‘im va davlat boji belgilangan summaning 90 foizi (1 003 500 so‘m) miqdorida undiriladi).

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech