15 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,5 °C

Ta'lim
11 Iyul  2020 498

Afgʻonistonlik ayollar Oʻzbekistonda taʼlim oladi

Afgʻonistondagi ayollarning Oʻzbekistonda tahsil olishlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chegaralararo tashabbushi amalga oshirila boshlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Taʼlim Vazirligi (OOʻMTV), Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi Delegatsiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMT TD) bugun afgʻon ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengayishini Oʻzbekistonda tahsil olish uchun taʼlim grantlari orqali qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chegaralararo tashabbusni amalga oshira boshladilar.

Loyihaning maqsadi – oʻz yurtlarida taʼlim va ish bilan taʼminlashda erkaklarga qaraganda nomutanosib toʻsiqlarga duch kelayotgan afgʻon ayollari uchun taʼlim olish imkoniyatlarini taqdim qilishdan iborat.

Umuman, Afgʻonistondan kelgan 50 nafar ayol Qozogʻiston va Oʻzbekiston universitetlarini oʻqiydi va bitiradi.

Yevropa Ittifoqi ushbu tashabbus uchun 2 million Yevro miqdorida grant ajratdi, loyihani BMTTD 2025-yilgacha amalga oshirilishini taʼminlaydi.

«Ayollar oʻz milliy iqtisodiyoti oʻsishiga asosiy hissa qoʻshuvchilardir. Shunga qaramay, ular taʼlim olish, munosib mehnat va teng maosh olish imkoniyatiga ega boʻlish ylida koʻpincha ijtimoiy toʻsiqlarga duch kelishadi. Malakalari ortishi bilan ayollar xususiy yoki davlat sektorida yuqori darajadagi ish joylariga ega boʻlishlari kutilmoqda, bu ularga oʻz mamlakatlari rivojiga samarali hissa qoʻshishga imkon beradi» - deydi Eduards Stiprais, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchisi janobi oliylari.

Afgʻonistonlik ayollar Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini oʻrganadilar va oʻqishni tugatgandan soʻng ularga texnik va kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi guvohnomalar topshiriladi. Afgʻonistonlik yosh ayollar Termiz tumanidagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida, Toshkent davlat agrar universiteti koʻmagi ostida, oʻqiydilar.

OOʻMTV ushbu loyihani amalga oshirishni qoʻllab-quvvatladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

“Gender tengligi hamda ayollar va qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish nafaqat insonning asosiy huquqlari, balki mamlakatni rivojlantirish va ravnaq toptirishning oqilona milliy strategiyasidir”, - dedi anjumanga yakun yasar ekan, Matilda Dimovska, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech