22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29,8 °C

Turizm
29 Dekabr  2018 2019

«AFOR» O‘zbekistonni fransiyaliklarga tanishtiradi

Mamlakatimizda turizmning rivojlanishi, uning boy merosi va milliy hunarmandchiligini fransiyaliklarga tanishtirayotgan «AFOR» assotsiatsiyasi vakillari Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi.

«France Ouzbekistan Raicines» tomonidan Leon, Klermon-Ferran va Parij shaharlarida mamlakatimizning turistik salohiyatiga bag‘ishlangan tadbirlar tashkillashtirildi.

Bunda asosiy yo‘nalish – qishloq turizmi. Ular loyihasi bo‘yicha sayyoh uzoq va chet manzilda yashaydi, mahalliy aholi turmush tarzi va udumlari bilan tanishadi. Masalan, fermer bilan fermada birga ishlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2018 yilda Qoraqalpog‘istonga fransiyalik sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan.

Mehmonlar Beruniy tumanidagi «Oybek O‘razimbetov» fermer xo‘jaligiga tashrif buyurishdi. Shuningdek, Qonliko‘l tumanidan yilqichilik bilan shug‘ullanadigan «Alimsys», paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan «Ikrom Ilhom» va tuyachilik bilan shug‘ullanadigan «Qaypnazarova Sayyora» xo‘jaliklarida ham bo‘lishdi.

O‘z axborotimiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech