04 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +31,5 °C

Transport
3 Fevral  2019 2647

«Afrosiyob» poezdi Jizzaxda ham to‘xtab o‘tadi

2-fevraldan boshlab «Toshkent—Buxoro—Toshkent» yo‘nalishida qatnayotgan «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlari Jizzax vokzalida ikki daqiqa to‘xtashi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

«Toshkent—Buxoro» yo‘nalishida harakatlanadigan №762 «Afrosiyob» poezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilgan. Poezd Toshkent vokzalidan soat 7:28 da harakatni boshlab, soat 8:54 da Jizzax vokzaliga kirib keladi, soat 8:56 da esa harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 9:42 da kirib borib, 9:50 da yana yo‘lga chiqadi. Navoiy vokzaliga soat 10:40 da to‘xtaydi va 2 daqiqadan so‘ng harakatini davom ettirib, soat 11:19 da Buxoro vokzaliga yetib boradi.

«Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan №761 «Afrosiyob» poezdi Buxoro vokzalidan soat 15:50 da harakatini boshlaydi. Soat 16:27 da Navoiy vokzaliga kirib keladi va soat 16:29 da harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 17:20 da yetib kelib, soat 17:28 da harakatini boshlaydi. Jizzax vokzaliga esa soat 18:14 da kirib kelib, ushbu vokzaldan soat 18:16 da harakatini davom ettiradi va poezd soat 19:44 da Toshkent markaziy vokzaliga yetib keladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech