21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +34 °C

Sport
10 Aprel  2019 1104

Afsus, endi Tokioga bora olishmaydi. Poezd ketib bo‘ldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Osiyo chempionati saralash turi doirasida Gongkong vakilalarini yirik hiobda (5:1) mag‘lub etganiga qaramay, Tokio (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan Butunjahon o‘yinlariga yo‘llanma uchun kurashni davom ettirmaydi.

 

Bunda vetnamlik qizlar bilan bo‘lib o‘tgan dastlabki uchrashuv muhim rol o‘ynadi. Qizlarimiz 2:1 hisobida o‘yinni boy berishgandi. Mavqelar bo‘yicha jahon tabelida mehmonlar bizdan yetti pog‘ona yuqoridan joy olgan. Ikkinchi kvalifikatsion saralash Toshkentda bo‘lib o‘tdi va uyda ana shu deyarli sezilmaydigan farqni tenglashtirishimizga ishongandik. Ammo o‘xshamadi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston vakilalari yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Gonkong termasidan so‘ng Iordaniya futbolchi qizlarini ham mag‘lub etishdi (2:0). Biroq asosiy raqiblar ham barcha imkoniyatlarini ishga solib, Gongong (2:1) va Iordaniya (2:0) termalari ustidan ishonarli g‘alaba qozonishdi. Ya'ni yuz foizlik natija ko‘rsatdilar.

Saralash turining yakuniy jadvali

Termalar          G‘  D M   T  O

  1. Vetnam 3  0  0  6:2  9
  2. O‘zbekiston 2 0  1  8:3  6
  3. Iordaniya 0  1  2  0:4  1
  4. Gonkong 0 1   2  2:7  1

Timur Nizaev.

«Pravda Vostoka» sharhlovchisi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech