01 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Turizm
30 Yanvar  2020 1470

Zamon talabidagi yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmalar

O‘zbekistonda mahalliy hamda xorijiy sayyohlar uchun qo‘shimcha qulay sharoit yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), gaz quyish stansiyalari (AGQS) va yoqilg‘i quyish stansiya(AYoQS) larini zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash va moslashtirish choralari  ko‘rilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi «Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 793-son qarori bilan 2020 yil 1 martdan boshlab jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYoQSlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Qarorga muvofiq, mazkur ob'ektlarning joriy holatini monitoring qilish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tuzilgan. Ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish uchun joriy yilning 27 yanvar kuni Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi buyurdi. 

Ishchi guruh shimoliy hududdagi bir qator yoqilg‘i quyish shoxobchalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas'ullarga sanitariya-gigiena shoxobchalari qurilishida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ko‘rsatib berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan 170 dan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarida zamonaviy sanitariya-gigiena shoxobchalari qurilishini joriy yilning 1 martiga qadar yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, qurilishi ishlari davomida ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar ko‘rsatib o‘tildi. 

Hududiy ishchi guruh faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, 2020 yil 1 sentyabrgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida bepul Wi-Fi zonalari, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish, tez ovqatlanish va zamonaviy sanitariya-gigiena shoxobchalari bilan jihozlangan bittadan namunaviy AGTKS, AGQS va AYoQS tashkil etilishini ta'minlash choralarini ko‘rishga doir ko‘rsatmalar berildi. 

Shuningdek, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi buyurtmasi asosida «Qishloq qurilish loyiha» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan bir necha turdagi namunaviy tipdagi sanitariya-gigiena shoxobchalari loyihalari taqdimoti amalga oshirildi hamda foydalanish uchun beg‘araz asosda yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalariga taqdim etildi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech