20 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3 °C

Agrosеktor
14 Yanvar  2020 496

O‘zbekiston Niderlandiyaning qishloq xo‘jaligi tajribasini o‘rganadi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash maqsadida Niderlandiyaga tashrif buyuradi.

Portal pv.uz/«Pravda Vostoka»/14-yanvar. Niderlandiya hozirda qayta ishlash sanoati dunyoda eng rivojlangan agrar mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bunga erishish uchun davlat yillar davomida agrar biznesni yuritishning muvaffaqiyatli strategiyasini tuzib, resurslardan minimal darajada foydalangan holda maksimal foyda olmoqda.

O‘zbekiston delegatsiyasining Gollandiyada bo‘lish dasturiga universitet rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazish, uning ilmiy-ma'rifiy bo‘limlari bilan tanishish rejalashtirilgan Vageningen universitetiga tashrif ham kiradi, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

Shuningdek, mamlakatimizning diplomatik vakolatxonasi tomonidan 20-yanvar kuni Gaagadagi «Newsport» (Nieuwspoort) xalqaro matbuot markazida tashkil etiladigan seminarda ishtirok etish doirasida O‘zbekistonning zamonaviy qishloq xo‘jaligi sektori salohiyatini ham taqdim etish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech