22 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,6 °C

Mamlakatimizda
26 Aprel  2019 969

Aholi va atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz mahsulotlarga nazorat kuchaytiriladi

Hukumat qarori bilan (348-son, 24.04.2019 y.) Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, monitoring “O‘zstandart” agentligi tomonidan kamchiligi bo‘lgan mahsulotlarning Bazasini yuritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlar bojxona, ekologiya, karantin, qurilish, sog‘liqni saqlash va boshqa vakolatli organlar tomonidan aniqlanadi.

Kamchiligi bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar “O‘zstandart” agentligiga beriladi hamda Agentlik mazkur ma'lumotlarni Bazaga kiritadi.

Agentlik har hafta kelib tushgan axborotni umumlashtiradi va kamchiligi bo‘lgan mahsulotlar to‘g‘risidagi hisobotni vakolatli organlarga, Savdo-sanoat palatasiga va Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga, yirik savdo tarmoqlariga yuboradi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan ishlab chiqaruvchi Agentlikka mahsulotni Bazadan chiqarish to‘g‘risida murojaatnoma yuboradi.

Agentlik o‘rganish natijalari ijobiy bo‘lsa, mahsulotni Bazadan chiqaradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech