30 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,4 °C

Energetika
13 May  2020 831

Ai-92 markali benzin narxi yana arzonlashdi

15-maydan boshlab Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 soʻmga arzonlashtirildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ “UNG” milliy brendi ostidagi yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilgʻisi sotuvini yoʻlga qoʻyganligi haqida avval xabar berilgan edi.

2020-yil 26-martidan boshlab Ai-92 markali benzinning narxi 6 200 soʻmdan 6 000 soʻmga pasaytirilgandi. 29-apreldan esa bu mahsulotning narxi 5 500 soʻm deb belgilandi.

15-maydan boshlab Ai-92 markazi benzin narxi yana 500 soʻmga arzonlashtirildi va 5 000 soʻm qilib belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Ai-80 markali benzin narxi “Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli yoqilgʻi quyish shoxobchalarida 4 000 soʻmdan sotilmoqda.

AYOQSHlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida toʻliq va aniq maʼlumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech