24 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,4 °C

Kеyingi avlod
16 Yanvar  2019 1700

Akademik litsey o‘quvchilarining xalqaro fan olimpiadasida 10 ta medalni qo‘lga kiritdi

2019-yil 10-15-yanvar kunlari Qozog‘istonning Almati shahrida dunyoning 18 davlatidan 540 nafar o‘quvchilar ishtirokida matematika, fizika va informatika fanlaridan Jautikov nomli XV Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

 

O‘quvchilarimiz ushbu nufuzli olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashib, 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza - jami 10 ta medalini qo‘lga kiritishdi.

Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorako‘l akademik litseyining 3-kurs o‘quvchisi Abbos Sayliev ushbu nufuzli xalqaro olimpiadada matematika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Elbek Toshpo‘latov, Jasur Imomov va Rasulbek Ozodov kabi iqtidorli o‘quvchilarimiz esa kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy universiteti, Jizzax davlat pedagogika va Samarqand iqtsiodiyot va servis institutlari qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari ham olimpiadada faol qatnashib, bronza medaliga ega bo‘lishdi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech