07 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,5 °C

Mamlakatimizda
19 Noyabr  2019 4150

Aktrisa Gavhar Sharipova vafot etdi

O‘zbek kinosining yosh vakillaridan biri, aktrisa Gavhar Sharipova 18-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida yuz bergan avtohalokat natijasida vafot etdi. Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda, deb xabar qiladi “O‘zbekkino” milliy agentligi.

Gavhar Sharipova 1980-yilda Navoiy shahrida tug‘ilgan. 2001-yilda Toshkent Davlat san'at instituti (hozirgi O‘zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti)ni  drama-teatr va kino aktyorligi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat ko‘rsatgan. G.Lessingning “Donishmand Natan” spektaklida Rexa rolini mahorat bilan ijro etgan.

Gavhar o‘zbek kinosida ham o‘zining bir qator takrorlanmas obrazlari bilan tomoshabinlar yodida qoldi. “Alpomish” (2001) filmida Qaldirg‘och, “Aldangan ayol” (2011) filmida Mastura, “Opa-singillar” (2010) teleserialida Nafisa singari qahramonlarni  gavdalantirdi. U qator filmlarga ovoz berib, dublyaj san'atida ham o‘z imkoniyatlarini namoyon etdi.

U nafaqat aktrisa, balki shoira ham bo‘lib, she'rlar yozgan, uning she'rlari bir necha xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib kuylangan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech