07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

Bilasizmi?
10 Dekabr  2019 924

Akula sho‘ng‘uvchining qo‘lini suyagi parchasi bilan uzib oldi

Avstraliyalik suzuvchi akula hujumidan so‘ng olgan jarohatiga qaramasdan o‘zi mustaqil qirg‘oqqacha suzib borib, shifokorlarga murojaat qildi, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Pert shahrida istiqomat qiluvchi 57 yoshli Piter O’Xelloran G‘arbiy Avstraliya shtatining Eksmut rayoni hududlarida nafas olish quvurchasi bilan sho‘ng‘ishni amalga oshirayotgandi. Suzuvchi qirg‘oqdan 400 metr masofaga uzoqlashgach, yirtqich unga hujum qilgan.

«Kutilmaganda nimadir qo‘limni ushlab, juda katta kuch bilan siltadi va qo‘limning bir qismini uzib oldi», deydi Piter O’Xelloran. Bir amallab uning changalidan ozod bo‘lgan shung‘uvchi og‘riqlarga chidab, qirg‘oq tomonga suzgan. yetib olgach, uni oldin shifoxonaga, so‘ng operatsiya qilish uchun uchun Pert shahri klinikasiga jo‘natishgan.

Piter O’Xelloran jurnalistlarga rentgen suratini ko‘rsatib: «Menga shifokorlar qo‘l suyagimda ba'zi qismlarning yetishmayotganini aytishdi. Yirtqich etim bilan qo‘shib, qo‘l suyagining parchasini ham tishlab uzib olgan ekan», deya intervyu bergan.

2018-yilda ham Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatining Lennoks-Poynt burunida  plyajda dam olayotganlardan biri o‘zini qo‘rqitib yuborgan akulani shartta suvdan ko‘tarib olgani xabar qilingan edi. Dam oluvchining bo‘yi odamdek keladigan o‘lik yirtqich bilan plyajda tushgan surati ham juda tez tarqalib ketgandi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech