25 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,3 °C

Salomatlik
10 Mart  2020 2210

Alisher Shodmonov koronavirus haqida yolg‘on xabarlarni tarqatmaslikni so‘radi

– Biz kasallikni berkitayotganimiz yo‘q, buning iloji ham yo‘q, – deya ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez tarqalayotgan yolg‘on xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov.

 – Agar kasallik qayd etiladigan bo‘lsa, dori vositalarining zaxirasi, shuningdek, profilaktika bo‘yicha imkoniyatlarimiz yetarli. Targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, haqqoniy ma'lumotlarni vaqtida yetkazib turishimiz kerak.

Eng muhimi, har bir fuqaro noto‘g‘ri, vahimali ma'lumotlarga ishonmasligi, ehtiyot choralarini ko‘rishi zarur. Zarurat bo‘lmasa, xorijga chiqmaylik. Barcha cheklov choralarini oshkor e'lon qilayapmiz va buni to‘g‘ri tushunishni so‘rar edik. Fuqarolarimiz barcha ehtiyot choralarini ko‘rsalar, ishonamanki biz bu jangda g‘olib chiqamiz.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech