06 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,8 °C

Turizm
6 Sentyabr  2019 640

Amerikalik videorejissyor Olovuddinning O‘zbekistondagi sarguzashtlari haqida film tasvirga oldi

Amerikalik rejissyor Devid Grem Xiva shahridagi Ichan-qal'a muzey-qo‘riqxonasida yangi qisqa metrajli “Olovuddin” filmini suratga olish ishlarini o‘tkazdi, deya ma'lum qiladi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Filmda Xiva hamda Buxoro shaharlarining YuNeSKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan noyob tarixiy obidalari namoyish qilingan. Film tarixiy janrda suratga olingan bo‘lib, uning syujeti Sharq ertaklarining mashhur qahramoni hisoblangan Olovuddinning yangi sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Bosh rolni ekstremal akter Kalen Chan ijro etdi. Film premerasi tez orada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan film s'emkalari Buxoroda ham o‘tkazildi.

YouTube’ning devinsupertramp kanalida namoyish etilishi kutilayotgan “Olovuddin” filmi AQSh va boshqa xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning turistik salohiyatini yanada ommalashtirish yo‘lida xizmat qiladi. Ma'lumot uchun: Devin Grem - YouTube’ning devinsupertramp kanalida sarguzashtlar va sportning ekstremal turlari haqida videoroliklar yaratuvchi amerikalik videorejissyor. Uning kanali 5 milliondan ziyod obunachiga ega bo‘lib, 950 million martadan ortiq ko‘rilgan. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech