28 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +23 °C

Dolzarb
17 Mart  2020 2832

Qanday qilib Xitoy koronavirusni yengdi?

So‘ngi paytlarda Xitoyning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida vaziyat ijobiy tomonga keskin o‘zgardi. Bir yarim oy avval ijtimoiy tarmoqlar Uxanning bo‘shab yotgan ko‘chalarini ko‘rsatgan bo‘lsa, endi esa bu ko‘chalarda avotmashinalar qatnayapti, hamda odamlar uylaridan ko‘chaga chiqqqanini ko‘rasiz. Xitoy hukumati qishdayoq epidemiyaning avj nuqtasi ortda qolgani, aprel oyining o‘rtalariga kelib, COVID-19 virusini batomom bartaraf eta olishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Ayni paytda yevropaning ushbu sirli kasallikning avj olishiga tayyor emasligi ayon bo‘lib qoldi. Bunga birgina Italiyadagi qurbonlar sonining Xitoy ko‘rsatkichlaridan o‘zib ketganini misol qilish mumkin. Xitoy bunga qanday erishdi?

Muhimi — bepul davolash Eng avvalo — xitoyliklar o‘ta intizomli xalq. Ularga o‘z uylarida o‘tirish buyurildimi — ular uylaridan jilmadilar. G‘arbda esa yanvar oyida

Xitoyni «XXI asrda karantinning o‘rta asr usullarini qo‘llayotganlikda ayblagandi». Endi esa yevropada zudlik bilan odamlarning yirik shaharlararo qatnovini to‘xtatishmoqda, o‘z davlatlariga kirish eshiklarini yopib, aeroport va chegaralarni bekityapti. Italiyada koronavirus tarqalishi masalasiga ilk haftalarda hukumat ham, italiyaliklarning o‘zlari ham beparvo munosabatda bo‘lishdi. Kasallanganlarning soni esa yuzlab kishiga yetdi. Lekin shunda ham odamlar mehmonlarga, kafe, restoranlarga borishni tark etmadi, jamoat transportida boshqalarni zaharlab, bemalol qatnashni davom ettirdi. Taraddud ko‘rishni boshlagnida esa ancha kech edi. 

Xitoyda esa kasallik tarqalishining ilk bosqichidayoq qat’iy tartib o‘rnatildi. To‘g‘ri, 80 ming kishi kasallandi, lekin u bir yarim milliardlik Xitoy aholisining oldida dengizdan tomchidek. Uning ustiga Xitoy bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga mablag‘ni ayamadi. XXRda tibbiy xizmat pullik, lekin kasallanganlar bepul davolanishga yotqizirildi. Muhimi, har bir tahlil taxminan salkam 55 dollar bo‘lishiga qaramay, barcha xohlovchilar koronavirusga qarshi testdan bepul o‘tkazildi. Xitoy tibbiyot xodimlarining ish haqini oshirishga, shifoxonalarni eng yangi uskunalar bilan jihozlashga 15 milliard dollar sarfladi. Bir haftada har biri o‘n minglab odamlarni sig‘dira oladigan alohida bokslardan tarkib topgan yirik shifoxonalar bunyod etdi. Shuningdek, Xitoyda kasallik yuqishining oldini olish maqsadida naqd puldan foydalanishni bas qilib, elektron to‘lov kartochkalarini keng qo‘lladilar.  Ijtimoiy tarmoqlarda «aslida kasallanganlar soni ko‘p, hukumat esa qurbon bo‘lganlarni yashiryapti, biz o‘lamiz» kabi vahima tarqatuvchilar zudlik bilan politsiya tomonidan qo‘lga olingan.

«Quchoqlashishlar» o‘rnini ta’zimlar egalladi Natijada XXRda kasallkning yuqish soni sutkasiga bir yarim mingdan 15-16 tagacha tushdi. Uning ustiga xitoyliklar bir varakayiga niqob taqdilar.

Umuman Osiyo — Janubiy Koreya, Yaponiya COVID-19 bilan samarali kurasha olayapti. Kasallik tarqalishni ularda boshlaganiga qaramay, osiyoliklar yevropadan kam jabr ko‘rdilar. Ushbu mamlakatlarda qo‘l berib, quchoqlashib va o‘pishishib ko‘rishishlar urfga kirmagan. Uning o‘rniga ular masofadan turib ta’zim qiladilar. Aynan mana shu ham kasallik tarqalishiga yaxshigina to‘siq bo‘lib xizmat qildi. Mutaxassislarni bir narsa ajablantiradi: nima uchun kasallik iqtisodiy barqaror mamlakatlarga zarba berdi. Hindistonning qashshoq xalqi ko‘p bo‘lishiga qaramay, bor-yo‘g‘i 60 kishi kasallangan. Afrikaning ko‘p kambag‘al respublikalarida umuman yo‘q. 1918-1919-yillarda «ispanka» epidemiyasi keng tarqalganda hozirgi Zambiya hududida gripp tufayli aholining 23 foizi qirilib ketgandi. Kasallikka qarshi kurash usuli bu yerda rol o‘ynayotgan bo‘lsa ajabmas.

Supermarket virusi

Xitoy nimaga qodirligini yana bir bor namoyish qila oldi: vahimasiz, sovuqqonlik bilan hal etish yo‘llari, puxta o‘ylangan harakatlar bilan. Albatta, buning ichida vahimachilarni xibsga olish ham bor. Xitoyda aql bovar qilmaydigan miqyosda keng tarqalgan epidemiya zudlik bilan jilovlangan va bugun ahvol yaxshi tomonga o‘zgarib boryapti. Xitoy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, virus bilan kurashishda supermarketlarga keragidan ortiq savdo qilish uchun yugurish o‘rniga o‘z vaqtida odamlarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, shifokorlarning malakasini oshirish, va koronavirusga qarshi test uchun xalqdan pul yig‘ib olmaslik muhim ekan, deb xabar beradi AiF.ru

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech