22 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +5,1 °C

Energetika
24 Oktyabr  2019 636

Andijonda 12 mlrd. so‘mdan ziyod neft homashyosi talon taroj qilingan

Andijon viloyat Prokuraturasi tomonidan “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati faoliyati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida “O‘zneftgazinspeksiya” mutaxassislari tomonidan tekshirish o‘tkazildi va qiymati 12 mlrd. 825,9 mln so‘mlik 15 287 tonna manbaalar aniqlandi, deb xabar qiladi “O‘zneftgazinspeksiya” matbuot xizmati.

“Andijonneft” AJda boshqaruv raisi B.Narmatov rahbarlik qilgan, faqatgina 2019 yil iyun oyidan sentyabr oyigacha bo‘lgan faoliyat davrida, neftni asossiz hisobdan chiqarish, qo‘shib yozish, hisobot hujjatlarida va xatlovda kamomadlar hamda ortiqchaliklar 1 356,8 tonnani tashkil etgan. 

Tekshiruv yakunida rasmiylashtirilgan hujjatlar Andijon viloyat Prokuraturasiga topshirilgan va ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech