31 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Xavfsizlik
26 Iyul  2019 981

Andijonda 7 ming 898 dona iste'molga yaroqsiz salqin ichimliklar aniqlandi

Andijon shahrida yozning jazirama kunlaridan foydalanib mo‘maygina daromad qilsoqchi bo‘lgan “tadbirkor” Oyistaxon Iminova (ismi sharifi o‘zgartirildi)ning qilmishlari foy bo‘ldi, deb xabar beradi  Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma'lum bo‘lishicha, O.Iminova Andijon shahrining Ishchilar mahallasidagi 45-xonadonda ombor tashkil qilib, yaroqlilik muddati allaqachon o‘tib ketgan (aslida bu muddat olti oy bo‘ladi), ya'ni 2018-yil aprel oyida ishlab chiqarilgan va iste'molga yaroqsiz holga kelgan 7 ming 898 dona har xil sig‘imdagi energetik salqin ichimliklarni sotishga tayyorlab qo‘ygan ekan. Huquqbuzar ularning ishlab chiqarilgan sanasini yangilab, qayta sotmoqchi bo‘lib, 31 million 298 ming so‘m “foyda” ko‘rishni ko‘zlagan.

Ammo, Andijon shahri davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan mahallada o‘tkazilgan profilaktik nazorat tadbirida Oyistaxonning qilmishi fosh bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech