17 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,3 °C

Tashvishli xabar
26 Fevral  2019 2211

Andijonda isitish qozoni portlashi oqibatida maktab o‘quvchilari jarohat olgan

Bugun, 26-fevral kuni soat 10:26da Andijon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi hududidagi “Issiqlik manbai” AJga qarashli isitish qozonining portlashi yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

 

Favqulodda holat oqibatida poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan shahardagi 4-umumta'lim maktabining 18 nafar 9-g-sinf o‘quvchilari turli darajada yengil jarohat olib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali travmatologiya qabulxonasiga olib kelingan.

Ular zudlik bilan zarur tekshiruvlardan o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatildi. 18 nafar bemor kuzatuv ostida bo‘lib turibdi. Olib kelinganlardan 4 nafari holati tekshirilib, neyroreanimatsiya bo‘limiga yotqizildi, jumladan, 2 nafar bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 10 nafar qo‘shimcha murojaat qilganlarga ambulator-psixologik yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berildi.

Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, zarur dori-darmonlarni yetkazib berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan.

Vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olingan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech