25 May 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +35,4 °C

Voqea-hodisalar
10 Dekabr  2019 812

Antarktikaga yo‘l olgan Chili harbiy samolyoti qulab tushdi

Bundan sal oldin radar ekranlaridan g‘oyib bo‘lgan va bortiga 38 nafar kishi chiqqan Chiliga tegishli S-130 «Gerkules» harbiy transport samolyotining halokatga uchragani tan olindi, deya xabar tarqatdi RAA «Novosti».

Ekipaj bilan aloqaning uzilib qolganidan so‘ng yetti soat o‘tgach, shunday qarorga kelindi.

Chili HHK, shuningdek, milliy va xorijiy samolyotlar va kemalar voqyea sodir bo‘lgan hududda agar tirik qolganlar bo‘lsa, qutqarish uchun qidiruv ishlarini boshlab yuborgan.

O‘rta va uzoq masofaga parvoz qiluvchi S-130 «Gerkules» harbiy transport samolyoti mamlakatning eng janubiy Punta-Arenas shahridagi «Chabunko» bazasidan Antarktikadagi aviabazaga parvozni amalga oshirishi kerak edi.  Samolyotda 17 ekipaj a'zosi va neft quvurlariga xizmat ko‘rsatuvchi 21 nafar xodim bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech