26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,5 °C

Transport
3 Aprel  2019 1464

GM Uzbekistan AJ yana bir davlatga o‘z avtomobillari eksportini boshlamoqda

Bugun, 3-aprel kuni GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati avtomobillarining ilk partiyasini Belarusga eksport qilish uchun yukladi. Belarusga tayyor holda Nexia R3 va R4 modelidagi avtomobillar eksporti amalga oshiriladi, deb xabar tarqatdi kompaniya matbuot xizmati.

 

Avvalroq kompaniya Nexia R3 avtomobillarini Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga yirik uzelli yig‘ish uchun hamda “Ravon Motors Qozog‘iston”ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holda eksport qilgani haqida xabar berilgandi.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar Afg‘oniston va Tojikiston davlatlariga ham eksport qilingan.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan faoliyatida 2019-yilni eksport salohiyatini oshirish yili deb e'lon qilgan, shu sababli kompaniya ushbu sohadagi faoliyatini jadallashtirib, eksport bozorlarini qamrab olishda davom etadi, deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech