14 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +37,4 °C

Salomatlik
30 May  2020 1198

Yosh avtomobilsozlar pandemiyaga qarshi

UzAuto yosh mutaxassislari OʻSV apparati prototipini yaratdilar.

Oʻzbekiston avtomobil tarmogʻi yosh muhandis-mutaxassislari OʻSV (oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash) apparati prototipini yaratdilar.

Bugun, butun dunyo COVID-19 virusiga qarish kurashishga ulkan kuch tashlagan bir paytda, oʻpkani sunʼiy ventilyatsiyalash apparatlarining oʻta yetishmasligiga olib kelganligini inobatga olib, Oʻzbekiston avtomobil tarmogʻi yosh muhandis-mutaxassislari karantin davrida OʻSV apparati prototipini yaratdilar.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPU) mutaxassislari bilan birgalikda, prototip ustida yaqinda «Oʻzavtosanoat» AJ qoshida tashkil etilgan “Research and Development Center” ishlanmalar markazi mutaxassislari ish olib bordilar.

OʻSV prototipi gipoallergan materiallardan yasalgan boʻlib, ular, shuningdek, apparatni oson dezinfeksiyalash imkonini beradi. Namlik, bosim, kislorod va harorat darajalarining koʻrsatkichlari apparat xotirasida saqlanib qoladi. Bundan tashqari, OʻSV apparati qulay tozalash tizimi bilan taʼminlangan – ishlangan havo oson almashtiriladigan filtr orqali oʻtadi.

OʻSV apparati prototipi ozuqa manbai apparatning kamida bir soat ishlashini taʼminlaydi. Tannarxi bozordagi shu kabi apparatlarning bir necha barobar arzon boʻlgan qurilma butkul «Oʻzavtosanoat» tuzilmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va yigʻilgan, deb xabar beradi «Oʻzavtosanoat» AJ matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech