10 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Transport
24 Fevral  2020 3279

O‘zbekiston avtomobilchilari O‘zbek-Ukraina biznes–forumida

«O‘zavtosanoat» AJ vakillari Kiev shahrida o‘tkazilgan O‘zbek-Ukraina biznes–forumida imshtirok etdilar.

«O‘zavtosanoat» delegatsiyasining Ukrainaning vazirliklar va idoralar vakillari bilan Forum doirasida olib borgan muzokaralarida bir qator tashkilotlar bilan shartnomalar imzolanishiga erishildi.

Xususan, «Uz Truck and Bus Motors» MChJ qo‘shma korxonasi va  «Pojmashina» QK, shuningdek «SamAvto» MChJ QK va «Inter Avto-Treyd» MChJ o‘rtalarida hamkorlik to‘g‘risida umumiy qiymati 9 million yevroga teng bitimlar imzolandi. 

Undan tashqari O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida UzAuto Motors kompaniyasining Ukrainadagi rasmiy dilerlarining forumi ham bo‘lib o‘tidi. Mazkur tadbirda avtomobillarning sotuvi hajmini oshirish va bir qator modellarni yangilash masalalari muhokama etildi. Shuningdek, Ukrainada «O‘zavtosanoat» AJ ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishga kelishib olindi, deya xabar beradi jamiyat matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech