03 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +11,4 °C

Transport
26 Mart  2020 458

Aprel oyi uchun oylik yo‘l chiptalarining puli qaytariladi

Ma’lumki, Toshkent shahrida barcha turdagi jamoat transporti – avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

Shu munosabat bilan aprel oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari «Toshshahartransxizmat» AJ ning «Oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi» tomonidan qaytarib olinib, pul mablag‘lari fuqarolarga to‘liq miqdorda qaytariladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Bu masalada Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6-uy «Toshshahartransxizmat» AJ binosi 1-qavatiga yoki (71) 233-54-23, (71) 244-17-52 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech