23 Sentyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +19,9 °C

Dolzarb
24 Mart  2020 699

AQSh Afg‘onistonga ajratilgan moliyaviy yordamni 1 milliard dollarga qisqartiradi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistonga berayotgan yordamini mamlakat rahbariyati inklyuziv hukumat tuzish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani sababli 1 milliard dollarga kamaytirdi.

Ushbu qaror AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning Afg‘onistonga qilgan navbatdagi tarifidan so‘ng qabul qilind. Bu haqda «RT» xabar tarqatgan.

«Rahbariyatning bu muvaffaqiyatsizligi AQSh milliy manfatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavf uyg‘otadi. Shu bois, hukumat Afg‘oniston bilan hamkorlik masalasini qaytadan ko‘rib chiqadi. Bir qator o‘zgarishlar qatori biz Afg‘oniston bo‘yicha xarajatlarimiz miqdoriga ham tuzatish kiritib, bu yil moliyaviy ko‘mak 1 milliard dollarga qisqartirilishini e’lon qilamiz», — deyiladi Davlat kotibining bayonotida.

Ta’kidlanishicha, AQSh ushbu davlatga ko‘rsatiladigan yordamni 2021-yil yana 1 milliard dollarga kamaytirishni rejalashtirgan.

23-mart kuni ma’lum bo‘lishicha, Pompeo Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va uning siyosiy raqibi Abdulla Abdulla bilan uchrashish maqsadida tashrif bilan Qobulga kelgandi.

Davlat kotibining rejasida avvaliga ular bilan yakkama-yakka, so‘ngra birgalikda suhbatlashishni mo‘ljallagandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech