16 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +38,8 °C

Dolzarb
27 Iyun  2020 512

AQSH davlat kotibi majburiy mehnatga qarshi kurashda Oʻzbekiston taraqqiyotini eʼtirof etdi

25-iyunda AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo har yili AQSH davlat departamentining odam savdosiga qarshi kurash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan tayyorlanadigan odam savdosi xususidagi hisobot natijalarni taqdim etdi.

Mazkur nashrda har yili 187 davlat va hududlar, jumladan, AQSH hukumatlarining odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash yuzasidan olib borayotgan saʼy-harakatlari aks ettiriladi. Mamlakatlar Palerma protokolining “uch P”ni kuzatadigan minimal standartlari (odam sotish bilan shugʻullanuvchilarni jinoiy taʼqib qilish, odam savdosi qurbonlarini himoya qilish va odam savdosining oldini olish) boʻyicha baholanadi.

Oʻzbekiston kuzatuv roʻyxati (Tier 2 Watch List) dagi mamlakatlarning ikkinchi darajasida boʻlishiga qaramasdan, hisobotda mamlakatda ijobiy yangilanishlar va hukumat tomonidan vaziyatni oʻzgartirish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar qayd etib oʻtilgan.

“Markaziy Osiyodagi ayrim mamlakatlarda hukumatlar xalqni paxta sanoati va boshqa sohalarda ishlashga majbur qilishi uzoq tarixga ega. Oʻzbekistonning ushbu muammoni hal etish borasidagi saʼy-harakatlari mintaqadagi boshqa mamlakatlar uchun yangi standartlarni oʻrnatmoqda”, – dedi taqdimot chogʻida Davlat kotibi.

Hisobotda qonunchilikdagi oʻzgarishlar, 2019-yilda fuqarolik jamiyati faollari bilan uchinchi tomon monitoringini olib borish va odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha yuqori darajadagi milliy komissiyaning tashkil etilishi qayd etilgan.

Ushbu Milliy komissiya Senat raisi rahbarligida tashkil etilgan, shuningdek, Milliy maʼruzachi instituti joriy etilgan. Buning natijasida profilaktika ishlari kuchaytirilgan. Mazkur komissiya hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri hamda Ichki ishlar vaziri raisligidagi 2 ta majburiy mehnatga qarshi kurashish va odam savdosiga qarshi kurashish quyi komissiyalaridan iborat.

Hisobotda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat inspektorlari sonining koʻpaytirilganligi, Inspeksiya tomonidan 21 172 ta tekshiruvlar oʻtkazilganligi, 18 332 ta murojaatlar koʻrib chiqilganligi va 259 nafar mansabdor shaxslarga, shulardan 132 nafariga majburiy mehnat uchun maʼmuriy jarima koʻllanilganligi ijobiy baholangan.

Hukumat tomonidan majburiy mehnat holatlariga yoʻl qoʻymaslik, ularning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan choralar alohida taʼkidlangan. Xususan, majburiy mehnatga yoʻl qoʻyganlik uchun maʼmuriy javobgarlikning kuchaytirilganligi, maʼmuriy jazo qoʻllanilgandan keyin majburiy mehnatga yoʻl qoʻyganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilganligiga urgʻu berilgan. Xalqaro mehnat normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha ishlar davom ettirildi – XMTning 4 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilindi (“Uch tomonlama maslahatlashuvlar toʻgʻrisida”gi 144-sonli, “Qishloq xoʻjaligida mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi 129-sonli, “Sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi 81-sonli konvensiyalar va “Majburiy mehnat toʻgʻrisida”gi 29-sonli Konvensiyasiga Bayonnoma).

Shu bilan birga, monitoring jarayoniga fuqarolik jamiyati vakillarini jalb qilish ijobiy amaliyoti davom etayotganligi taʼkidlangan. 2019-yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 15 nafar fuqarolik jamiyati vakillariga monitoring jarayonida hech qanday toʻsiqlarsiz ishtirok etishini taʼminlash maqsadida ruxsatnomalar berilgan.

Hukumat paxta terimiga fuqarolarni safarbar qilishni kamaytirish va dalalarda bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlash, shu jumladan paxta teruvchilarning ish haqini oshirish, XMT bilan hamkorlikda xabardorlikni kuchaytirish kampaniyalari, shuningdek, joylardagi mansabdor shaxslar va masʼullarni majburiy mehnatdan foydalanganligi uchun jazolash boʻyicha choralar koʻrishda davom etmoqda.

Vaziyatni tahlil qilish bilan bir qatorda, hisobotda AQSH milliy qonunchiligining eksterritorial qoʻllanilishiga binoan Oʻzbekistonni keyingi toifaga oʻtkazish boʻyicha asosiy tavsiyalar keltirilgan (Trafficking Victims Protection Act TVPA). Ular orasida:

- fuqarolarga kasbiy majburiyatlari bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishni rad etish “huquqi” toʻgʻrisida xabardor qilish boʻyicha tadbirlarni davom ettirish,

- qonuniy tartib va qonunchilikka rioya qilish,

- odam savdosi bilan bogʻliq tergovlar sonini koʻpaytirish,

- odam savdosi jabrlanuvchilarini, shu jumladan xalqaro sheriklar bilan birgalikda ishlab chiqilgan shaxslarni aniqlash uchun tizimli va profilaktika ishlarini joriy etish,

- huquqni muhofaza qilish organlari bilan odam savdosi holatlarni lozim darajada olib borish va odam savdosining yashirin qurbonlarini rasmiy ravishda aniqlash va ularga yordam berish usullari boʻyicha ishlashni davom ettirish,

- qishloq xoʻjaligi sohasida mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha milliy harakat rejasini amalga oshirishni davom ettirish,

- davlat boshpanalariga qabul qilinmagan jabrdiydalarga yordam va boshpana beradigan NNTlarning roli va ishtirokini kuchaytirish,

-Jinoyat kodeksiga odam savdosi qurbonlarining shaxsini aniqlash va himoya qilish oʻzgartirish kiritish boʻyicha loyihasini qabul qilish,

-Xususiy bandlik agentliklarni nazorat qilish va potensial ish beruvchilar tomonidan emas, balki ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi kerak.

Taʼkidlash joizki, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov yaqinda OAVga bergan intervyusida qonunchilikni oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlanganini va xususiy bandlik agentliklarining faoliyatini tartibga solish haqidagi normativ hujjatlar qabul qilinishini kutilayotganligini taʼkidladi. Unga koʻra, xususiy bandlik agentliklari chet elda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni chet elga ishlashga yuborganligi uchun oldindan haq olmaydi. Bu toʻlov ish beruvchi amalga oshiriladi, deb xabar beradi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech