07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Dolzarb
21 Mart  2020 408

AQSh iqtisodiyotiga 2 trillion dollar

AQSh iqtisodiyotini rag‘batlantirish paketi 2 trillion dollargacha oshirilishi mumkin.

Bu haqda Prezidentning iqtisodiyot bo‘yicha bosh masalahatchisi Larri Kudlou Fox telekanalida ma'lum qildi.

Bundan avval  Kudlou kongress ko‘rib chiqayotgan iqtisodiy rag‘batlantirish paketi bo‘yicha qonun loyihasi 1,3 trillion dollarni tashkil etishi haqida ma’lum qilgan edi.

«Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash paketining eng kam miqdori 1,4 trillion dollarni tashkil etadi, lekin koronavirusga qarshi iqtisodiy vositalar bilan kurash olib borish uchun biz uni 2 trillion dollarga oshirishimiz mumkin», - dedi maslahatchi.

Xabarda aytilishicha, agar ushbu yordam paketi qabul qilinsa, u tarixda eng yirik iqtisodiy rag‘batlantirish paketiga aylanadi.  2008 yilda moliyaviy krizis paytida kongress 700 milliard dollar ajratan edi, uning 450 milliardi iqtisodiyotning real tarmoqlariga  jalb qilingan va katta foyda bilan yana byudjetga qaytarilgan, deb xabar beradi RIA Novosti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech