07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15 °C

Dolzarb
19 Mart  2020 352

AQSh Moliya vazirligi pandemiya tufayli aholiga 500 milliard dollar tarqatishni taklif qildi

AQSh moliya vazirligi koronavirus tufayli mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amerikaliklarga 500 milliard dollarni naqd ko‘rinishda tarqatish kerakligini taklif etdi.

«Soliq xizmati va fiskal xizmatlar byurosi tomonidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan mazkur loyiha soliq to‘lovchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri mablag‘ tarqatish ikki bosqichda amalga oshirilishini nazarda tutadi.  6 apreldan boshlab 250 milliard dollar va 18 maydan boshlab yana 250 milliard dollar tarqatiladi», — deyiladi vazirlik e’lon qilgan memorandumda. To‘lovlar miqdori soliq to‘lovchilarning daromadidan kelib chiqiladi.

Bundan tashqari, moliya vazirligi kichik biznesni kreditlashga 300 milliard dollar, iqtisodiyotning muammoli sohalariga qarz berishga 150 milliard dollar va yana alohida 50 milliard dollarni koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan aviaindustriyaga ajratilishi kerak, dedi.

Donald Trampning bosh iqtisodiy maslahatchisi Larri Kudlouning ma'lum qilishicha, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash poketi rekord darajada 1,3 trillion dollarni tashkil etadi. Bu 2008-2009-yillarda yuz bergan moliyaviy inqiroz paytida ajratilgan mablag‘lardan  ikki barobar ko‘pdir.

Ammo moliya vazirligining ushbu taklifini avvalombor kongress ma'qullashi lozim, chunki AQSh konstitutsiyasi bo‘yicha kongress byudjetni qabul qilishda mutloq huquqqa ega sanaladi, deb xabar beradi RIA Novosti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech